TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Yelizaveta II qirol oilasi muxlislarini shokka soldi: britaniya qirolichasi yaqin orada taxtni bo‘shatishdan bosh tortdi.
Qirollik muxlislari Yelizaveta II o‘z turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippdan o‘rnak olib, ishlardan 95 yoshida chekinishiga shubha qilmay, bu holatga hatto ko‘nikkan edilar ham.
Britaniyaliklar pandemiya tufayli bu hatto ertaroq ro‘y berishini taxmin qilishgan edi, negaki, 94 yoshli qirolicha omma qarshisida kamnamo bo‘lib qolgan edi. Ammo Oliy Hazratlari rejalari xalq va merosxo‘r-o‘g‘il orzulari bir-biriga mos tushmadi.
Shahzoda Charlz sabrli bo‘lib, o‘z navbati kelishiga to‘g‘ri keladi: saroyda Yelizaveta II taxtni tark etish niyatida emasligini ma’lum qilishdi.
Qirol amaldorlaridan biri monarx o‘z vakolatlarini topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Uning aytishicha, qirolicha iste’fo haqida o‘ylagani ham yo‘q.
"Oliy Hazratlari hukmronlik qilishda davom etadi. U xalqiga butun umr xizmat qilish niyatida", - deb ta’kidladi xabardor manba.
Ayni vaqtda monarxning butun o‘ylari COVID-19ga qarshi vaksinada. Virus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan, Yelizaveta II to‘liq o‘z vakolatlariga qaytadi.
Bularning barchasi ilk islohotlarni rejalashtirayotgan va modalar olamini zabt etayotgan - yaqinda birinchi liboslar kolleksiyasini chiqargan shahzoda Charlzni quvontirmayotgani aniq.