Ekspertlar dunyoda COVID-19ga qarshi cheklovlar qachon bekor qilina boshlashini aytishdi

Dunyoning turli nuqtalarida iqtisodiy o‘sishga qaytish aholini koronavirusga qarshi umumiy emlash va immunlashga bog‘liq bo‘ladi. Bu fikr Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan payshanba kuni Parij tinchlik forumida bildirildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya – Sputnik, Mariya Knyazeva. COVID-19 tarqalishini jilovlash maqsadida joriy etilgan ijtimoiy va iqtisodiy cheklovlarni barqaror bekor qilish dunyo bo‘yicha kelasi yilning o‘rtalaridan boshlanadi, deyiladi Oxford Economics analitik kompaniyasi maqolachasida.

"Sputnik V" vaksinasi samaradorligi 92%ni tashkil qildi

Dunyoning turli nuqtalarida iqtisodiy o‘sishga qaytish aholini koronavirusga qarshi umumiy emlash va immunlashga bog‘liq bo‘ladi. Bu fikr Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan payshanba kuni Parij tinchlik forumida bildirildi.

"Vaksinatsiya kompleks dasturi ko‘plab oylarni oladi, bu esa bizning pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlarning barqaror va mazmunli bekor qilinishi faqatgina 2021-yilning o‘rtalaridan boshlanadi, degan fikrni tasdiqlaydi", - deyiladi materialda.

Germaniya biotexnologik kompaniyasi BioNTech va amerika farmatsevtika gigant Pfizer sal oldin uchinchi faza sinovlarining muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edi - vaksina COVID-19ning oldini olishda 90%dan ortiq samaradorlik ko‘rsatgan. AQSh vaksinani ro‘yxatga o‘tkazish uchun arizani noyabr oyida berishni rejalashtirmoqda.

“Vektor” markazi vaksinasi noyabrda 43 ming kishida sinovdan o‘tadi

Pfizer-BioNTech vaksinasi yuqori samaradorli ekanligi haqidagi xabarlar, hozircha dunyo iqtisodiyoti normal holati tiklanishida eng katta odimdir, deyilgan maqolada.

"Normal hayotga qaytish, ehtimol, uzoq davom etadi", - deb hisoblaydi ekspertlar.

Agar qator boshqa vaksinalar paydo bo‘lmasa, ko‘rinib turibdiki, dunyo ahlining aksariyati kelasi yilda ham vaksina olmaydi. Vaksina tarqatilishi bilan bog‘liq ma’lum qiyinchiliklarga qo‘shimcha ravishda, Pfizer kompaniyasi shuni ma’lum qildiki, joriy yil yakuniga qadar preparat faqat 50 million dozada, kelasi yil esa 1,3 milliard dozada chiqariladi.

"Bu miqdor 2021-yilning yakuniga kelib 675 million kishini, yoki dunyo aholisining 8%ini vaksinalash uchun yetarli sanaladi", - deyiladi maqolada.

Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina mavjud: Gamaleya nomidagi institutning "Sputnik V" vaksinasi, "Vektor" ilmiy markazining "EpiVakKorona" vaksinasi va RFA Chumakov nomidagi markazi vaksinasi.