Toshkentda yangi tuman hokimligi tashkil etildi

Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Prezident qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.

Toshkent shahri tarkibida yangi tuman paydo bo‘ldi

Yangihayot tumaniga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma’lumot talab qilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tizim orqali bepul o‘zgartiriladi.

Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020-yil sentabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesi hududida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida Yangihayot kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirgan edi.