TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Talabalar 16-noyabrdan o‘qishni an’anaviy shaklda davom ettirishadi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
"Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi", - deyiladi xabarda.