Rossiyada migrantlarga haydovchilik guvohnomasini boshqatdan olish majburiyati yuklanishi mumkin

Rossiya fuqaroligi yoki yashash guvohnomasini (VNJ) olgan chet elliklarning milliy haydovchilik guvohnomalarini bekor qilish taklif qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiyada Rossiya fuqaroligi yoki yashash guvohnomasini (VNJ) olgan chet elliklarning milliy haydovchilik guvohnomalarini bekor qilish taklif qilindi. Bu haqda Rossiya IIV ishlab chiqqan yangi qonun loyihasida aytilgan.

RFda YeOII haydovchilik guvohnomasi bilan ishlashga ruxsat berilishi mumkin

“Xorijiy milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari uning egasi Rossiya pasporti yoki yashash guvohnomasini olgan sanadan boshlab olti o‘tishi bilan Rossiyada haqiqiy emas deb topiladi”, - deyilgan hujjatda. U bilan RIA Novosti tanishib chiqqan.

Qanday hollarda haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi?

Ta’kidlanishicha, migrantlar o‘z xohishlariga ko‘ra Rossiya haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin.