TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Avvalroq faoliyati to‘xtatilgan “Xorazm shakar” zavodi 8-noyabr kuni o‘z ish faoliyatini tiklab, ishlab chiqarishni boshladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” MChJlar ishlab chiqarishni to‘xtatgani va xodimlar ommaviy ishsiz qolayotgani haqidagi xabardan so‘ng hukumat muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishni boshlagan.
“Natijada esa “Xorazm shakar” MChJ 8-noyabr kuni Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom-ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan boshlab yubordi”, - deyilgan xabarda.
Xolod: O‘zbekiston uchun shakar - bu ikkinchi guruch, ishlab chiqarishni optimallashtirish muhim
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.