O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 0,4 foizga o‘sdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy davrda YaIM o‘sishida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining hissasi eng yuqori bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. 2020-yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 foizga o‘sdi.

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonning YaIM bo‘yicha prognozini pasaytirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy davrda YaIM o‘sishida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining hissasi eng yuqori bo‘ldi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 3,4 foizga oshgan holda, YaIMning 0,8 foiz punktga o‘sishini ta’minladi.

Qurilish tarmog‘ida 8,6 foizga yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilgan bo‘lsa-da, YaIM o‘sishidagi hissasi 0,5 foiz punktni tashkil etdi.

Sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmlarining 2,7 foizga kamayishi ta’sirida YaIM hajmining 0,7 foiz punktga kamayishi kuzatildi.

Xizmatlar sohasida kuzatilgan 0,7 foizga kamayish YaIM o‘sishiga -0,2 foiz punkt salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Mahsulotlarga sof soliqlarning 0,6 foizga kamayishi, YaIM o‘sishiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmadi va -0,04 foiz punktni tashkil etdi.