"Sputnik V" vaksinasi samaradorligi 92%ni tashkil qildi

Samaradorlik ko‘ngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun o‘tgach, birinchi oraliq ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning uchinchi bosqichi ma’lumotlarini birinchi oraliq tahlili paytida koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining samaradorligi 92 %ni tashkil etdi, deyiladi "Sputnik V" vaksinasining tvitterdagi akkauntida.

Sputnik V vaksinasi 85 % odamlarda yengil qabul qilinmoqda - Ginsburg

""Sputnik V" vaksinasining samaradorligi 92% ni tashkil etdi (hisoblash platsebo guruhidagi 20ta tasdiqlangan holatlarni taqsimlash va vaksinani olgan guruh ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan)", deyiladi xabarda.

Samaradorlik ko‘ngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun o‘tgach, birinchi oraliq ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.

Avgust oyida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Unga "Sputnik V" nomi berilgan. Preparat uch hafta oralig‘ida ikkita komponentni kiritishni o‘z ichiga oladi.