Chexiya razvedkasi 3-jahon urushi xavfi haqida ogohlantirdi

Chexiya harbiy razvedkasi global mojaroning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sabab sifatida AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi raqobatni ko‘rsatdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Dunyo yangi jahon urushi xavfiga duch kelmoqda, bu haqda Chexiya harbiy razvedkasi veb-saytida 10-noyabr kuni e’lon qilingan 2019-yil uchun hisobotida aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

"Uchinchi jahon urushi" uchun eng yaxshi tank ma’lum qilindi

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda global mojaro "birinchi bosqichida".

"Unda faol ishtirok eta oladigan va xohlaganlarning dunyoqarashi shakllanmoqda, uni boshqarish mumkin bo‘lgan texnologik vositalar asta-sekin aniqlanmoqda", - deyiladi hujjatda.

Hisobot mualliflari mojaroning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sabab sifatida AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi raqobatni ko‘rsatdi.

Shuningdek, hujjatda xalqaro huquqning ahamiyati pasayganligi qayd etilgan. Yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni hal qilishning bir usuli sifatida tinch muloqot mavjud emas, dunyo tartibining aniqligi shubha ostiga olinadi. Bundan tashqari, jamoatchilik ongini manipulyatsiya qilish keskinlikning o‘sishiga yordam beradi, deb hisoblaydi tahlilchilar.