Ayollar va bolalar qaysi dorilar bilan bepul ta’minlanadi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan va 2021-yil 1-iyuldan bolalar va ayollarga qator dorilar bepul beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-iyundan:

  • 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;
  • 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanadi.

2022 yil 1-iyuldan:

  • homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
  • 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanadi.

2021 yil 1-apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.