Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Avtomobil skoroy pomoshi
Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Sirdaryoning Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Meditsinskie rabotniki vezut na katalke patsiyentku, dostavlennuyu brigadoy skoroy meditsinskoy pomoshi, v zdanie karantinnogo sentra v Kommunarke
Navoiyda ikki o‘smir is gazidan zaharlanib vafot etdi

Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 6-noyabr kuni soat 13:35 larda bergan xabariga ko‘ra, tumanning “Qaropchi” mahallasida yashovchi 25 yoshli Sh.M. hamda uning 21 yoshli turmush o‘rtog‘i D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan is gazidan kuchli zaharlanib, uyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, er-xotinning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.

Holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.