Krganov migrantlar bilan ishlashni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi

Rossiya musulmonlar kengashi rahbari diniy va jamoatchilik tashkilotlari migrantlarga yetarlicha ta’sir ko‘rsata olmayotganini qayd etdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Moskvadagi diniy va jamoatchilik tashkilotlari migrantlarga yetarlicha ta’sir ega emas, bu borada ishlashni kuchaytirish lozim. Bu haqda Rossiya musulmonlar kengashi rahbari Albir Krganov ma’lum qildi.

O‘n minglab mehnat migrantlari o‘z uylariga qaytishni istaydi - Rossiya muftiysi

“Biz hozir migrantlarning Moskvadagi Fransiya elchixonasi oldidagi oldindan kelishib olinmagan tadbirini yodga oldik. Bu nimani ko‘rsatadi? Birinchidan, bu oldindan kelishmaganlik va bu umuman migratsiya markazlari, diniy tashkilotlar tomonidan migrantlarga kuchsiz ta’sir... Ular hech kim bilan maslahatlashishmayapti-ku, o‘zlarida shunga o‘xshash xatti-harakatlar bilan shug‘ullanishmoqda. U yerda favqulodda hodisa sodir bo‘lganda nima bo‘lardi?”, - dedi muftiy.

Krganovning fikriga ko‘ra, diniy tashkilotlar bu boradagi ishlarni kuchaytirishi darkor.