TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati Xiva shahar bo‘limi xodimlari o‘zining to‘rt oylik chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.
22 Fevral 2018, 18:43
Xabarda aytilishicha, ayol bu ishni pulga muhtojligi uchun amalga oshirgan.
"Ayol moddiy daromad orttirish maqsadida voyaga yetmagan 4 oylik qiz farzandini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi", - deyiladi xabarda.
Ona o‘z farzandini 120 million so‘mga sotayotgan vaqtda, maxsus tashkil etilgan operatsiya davomida qo‘lga olingan.
Chaqaloq onadan davlat qaramog‘iga olib qo‘yilgan. Ayol ozodlikdan mahrum etilishi kutilmoqda.