Gruziyaning Yevropaga kirishiga real hayot to‘siq bo‘lmoqda

Gruziya 2003-yildan buyon Yevropa tomon intilayotganiga qaramasdan, o‘nlab yillardan so‘ng ham oldinga siljish yo‘q - ular misli sport zalidagi yuugurish yo‘lagida yugurayotgandek.
Sputnik

Gruziya muxolifati 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini tan olmayapti va muddatsiz norozilik namoyishlari e’lon qilgan. Politsiya bir necha bor urinishiga qaramasdan mitingchilarni tarqatishning iloji bo‘lmayapti.

Gruziyaning Yevropa tomon yo‘li mana 17-yildan buyon hech ochilmayapti. Tarixni biroz esga olsak, 2003-yilda aynan parlament saylovidan so‘ng ushbu Kavkaz respublikasida “atirgullar revolyutsiyasi” boshlangan edi. Mixail Saakashvili esa butun dunyoda rangli inqiloblar timsoliga  aylangan edi.

Shundan buyon Gruziya o‘z tanloviga sodiq qolgan holda Yevropa tomon intilmoqda, lekin o‘nlab yillar o‘tgan bo‘lsa – oldingi siljish yo‘q. Ular misli sport zalidagi yuugurish yo‘lagida yugurayotgandek. Shunga qaramasdan – ular buni to‘xtatmoqchi emas.

Gruziya ko‘plab turistlar va pullarni yo‘qotmoqda - video

E’lon qilingan natijalarga ko‘ra, ushbu parlament saylovida ayni damda yetakchi bo‘lgan partiya “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” saylovchilarning 48% ovozi bilan g‘olib bo‘lmoqda. Ikkinchi o‘rinda 27% ovoz bilan "Yagona milliy harakat”. Qolgan siyosiy kuchlar – deyarli hech narsa yuta olmagan. Jumladan "Yevropa Gruziyasi" ham – 4%ga ham yetmagan.

Yevroavtlantizm – ya’ni “g‘arbiy qadriyatlarni singdirish”, mamlakatni NATO va YeIga olib kirish, “Hududiiy yaxlitlikni tiklash”(okkupant davlatga qarshi kurash) – yuqorida keltirilgan barcha partiyalar dasturining muhim punktidir.

Partiyalar nimasi bilan farq qiladi

“Yagona milliy harakat” – bu Mixail Saakashvilining partiyasi bo‘lib, mana 7-yildirki o‘z asosichisiz faoliyat yuritib kelmoqda. U Gruziyani 2013-yilda, prezidentlik muddati tugashidan bir hafta oldin tark etganicha qaytgani yo‘q. Shundan beri u Yevropa, AQSh va Ukrainada faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gruziya prezidenti: Rossiya bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish lozim

Sobiq Odessa gubernatori, ayni damda Ukraina  Milliy reformalar kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotganiga qaramasdan o‘z yurtining siyosiy pulsida ham qo‘l tutib turibdi. U muxolifat kuchlari kurashiga qo‘shilishga tayyor ekanini bildirdi. Shu bilan birga u o‘z intilishida unga hech qanday yangi lavozimlar kerak emasiligini va faqat “Gruziyani qutqarishni” o‘ylayotganini ma’lum qilgan.

“Gruziya orzusi” – bu Saakashvili ustidan 2010-yilda g‘alaba qozongan partiya bo‘lib, o‘shandan beri mamlakatni boshqarib kelmoqda. Uning rahbari va asoschisi Bidzina Ivanishvili — bo‘lib ham siyosatchi ham biznesmen va Gruziyaning eng boy odammi hisoblanadi. "Forbs" ro‘yxatida 349 o‘rinda bo‘lib deyarli 5 milliard mablag‘i bor. Uning biografiyasi 90-yillar oligarxlarinikiga juda o‘xshaydi.

Saakashvili yaratgan partiya esa – o‘zining aksilrossiya telba populizmi bilan tanilgan. Xozirgi yetakchi partiya esa bu borada ancha bosiq. Saakashvili esa bunda “okkupantlar bilan hamkorlik qilish” va “milliy manfaatlarni boy berishda” ayblashdan charchamaydi. O‘tgan yili ham aynan shu sababli katta mojaro yuz bergan va ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan edi.

Oqibatda Gruziya xalqi yana bir bor mutlaq kasodga uchragan g‘arbiy marionetkalar yoki sobiq Ittifoqdan kelib chiqqan oligarxlar orasidan kimnidir tanlashga majbur bo‘lmoqda. Yana bularning barchasi yaltiroq va sharqiroq “yevroatlantika” qog‘oziga o‘ralgan.

Gruziya muxolifati AQSh "demokratik" institutlarini olib chiqib ketishni talab qilmoqda

Haqiqatda esa, ushbu mamlakat o‘z vaqtida Eduard Shevarnadzega qarshi qo‘zg‘olonning sababi bo‘lgan – og‘ir iqtisodiy vaziyat, aholi kambag‘alligi hamda korrupsiya sharoitida yashashga majbur bo‘lmoqda.

2020 yilda esa ushbu muammolarga yana koronavirus epidemiyasi ham qo‘shildi. Bu o‘z navbatida mamlakat asosiy daromad manbaalaridan biri bo‘lgan turizm sektori inqiroziga olib keldi. 2019-yilda Gruziya turizm sohasi 3 milliard doromad olgan bo‘lsa bu yil 0,5 milliard xolos. Mamlkat YaIMi 15 milliard ekanini hisobga olganda – bu raqam qanchalik muhim ekanini tushunsa bo‘ladi.

Xulosa qilib bir narsani aytish mumkin – ayni damda Gruziya o‘zining “yevroatlantika”  yo‘lidan bir tiyinlik ham foyda ko‘rmadi. Albatta G‘arb ularni qo‘llab-quvvatlamoqda, birinchi navbatda ma’naviy tomondan. Bu safar ham YeHXT kuzatuvchilari saylovlarni “barcha qoidalarga muvofiq” deb topishdi.

Lekin, kutilmagan joydan xavf paydo bo‘ldi.

Mixail Saakashvili faysbukda AQSh yangi prezidenti Jos Bayden uzoq vaqtdan beri uning do‘sti ekani haqida katta post yozib qoldirdi. Unda “ikkovlanning” ko‘plab   fotosuratlari ham bor. Matnning so‘nggi iborasi quyidagicha yakunlangan:“Gruziya xalqi bo‘lib o‘tgan saylovda o‘g‘irlangan g‘alabani qaytarishga urinayotgan bir vaqtda, Oq Uyda qadriyatlari bor kishilar bizga juda ham kerak”  

Sobiq gruziyalik avanturist haqiqatdan ham Oq Uy bilan juda yaxshi munosabatda ekanini hisobga olgan holda, AQSh rahbariyati o‘tgan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqish borasida YeHXTga o‘z tavsiyalarini beradi dey kutish mumkin. Yevropa tashkiloti ushbu tavsiyanomalarga “quloq tutishiga” hech ikkilanmasa ham bo‘ladi.

G‘arb va Gruziyaning boshqacha yevroatlantizmi yo‘q.