O‘zbekistonda koronavirus: 9-noyabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 149 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 223 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Gamaleya markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Sputnik V” haqida ma’lumot berishni boshlaydi

Bir sutka davomida 149 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 879 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 77 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 136 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 66 107 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 186 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 586 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Yangi rahbar

Qurbanov Murad Ismailovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 50,4 milliondan oshdi, sal kam 1,3 million kishi vafot etdi, 33,0 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (9,9 mln), Hindistonda (8,6 mln), Braziliyada (5,7 mln).