Rossiyada ketma-ket uchinchi kun 20 mingtadan ziyod koronavirus bilan kasallanish qayd etildi

Pandemiya boshlangan buyon Rossiyada 1 774 334 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 1 334 419 nafari tuzalib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘tgan sutkada Rossiyada 20 498 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Uch kundan buyon mamlakatda aniqlangan kassallanish 20 mingdan oshmoqda.

Rossiyada koronavirus bo‘yicha antirekordlar yangilandi

Eng ko‘p kasallanish Moskva (5751), Sankt-Peterburg (1331) va Moskva viloyatida (644) kuzatilgan.

Rossiyada 6-noyabr kuni koronavirus bilan bog‘liq 20 582 ta, 7-noyabr kuni esa 20 396 ta holat qayd etilgan edi.

Pandemiya boshlangan buyon Rossiyada 1 774 334 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 1 334 419 nafari tuzalib ketgan. 30 537 kishi virus qurboniga aylangan.