TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 81 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 68 593 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Farg‘ona viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 24 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu paytga qadar 65 762 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2 247 nafar bemor davolanmoqda.
O‘tgan tun davomida koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmagan. Qurbonlari soni 583 nafarligicha qolmoqda.