Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi raisi lavozimida ishlab kelgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Ayni paytda “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Botir Zaripov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, - deyilan xabarda.

Shu kunga qadar vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Farhod Umarov esa Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

Eslatib o‘tamiz, Buxoro sobiq hokimi O‘ktam Barnoyev 20-sentabrda koronavirus kasalligining og‘ir oqibatlaridan vafot etgan edi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun, 7-noyabr kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.Aripov, prezident Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Botir Zaripovniing tarjimai holida quyidagi ma’lumotlar berilgan: 

1969 yil 20-noyabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 
1997-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
1997-2005 Milliy bankining turli bo‘linmalarida ishlab kelgan. 
2005-2015 Markaziy bankining turli bo‘limlarida boshqaruv lavozimlarida ishlab kelgan.  
2015-2016 AT “Agrobank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 
2016-2019 “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tizimida ishlab kelgan. 
2019 4-apreldan yangi tashkil etilgan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi vazifasida ishlab kelgan.

Botir Zaripov “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29-yilligi munosabati bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.