Qirg‘iziston “Oq uy” binosi atrofidagi panjaralar buzilmoqda

Bishkekda Qirg‘iziston parlamenti binosi oldida 1997-yilda o‘rnatilgan temir panjaralarni demontaj qilish boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Bishkekda Qirg‘iziston parlamenti binosi atrofidagi temir panjaralarni demontaj qilish boshlandi.

Mirziyoyev: Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘l qurilishini tezlashtirish tarafdorimiz

Bishkek meriyasi xodimlari panjaralarni olib tashlamoqda, deb ma’lum qildi meriya rahbari vazifasini bajaruvchi rahbari Balbak Tulobayev.

Panjaralar vaqtincha meriya bazalaridan biriga joylashtiriladi.

"Devorni demontaj qilish bir necha kunga cho‘zilishi mumkin. Shundan keyin odamlar bemalol binoga yaqinlashib, atrofida sayr qilishi mumkin. Biz faqat devorning 2ta qismini qoldiramiz, ularda 7-aprel inqilobi qurbonlarining ismi yozilgan yodgorlik taxtachasi bor", - dedi Tulobayev.

Mamlakat parlamentining yangi spikeri Talant Mamitovning ilk qarori - devorni buzish to‘g‘risida 4-noyabrda imzolangan.

"Xalq uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi kerak. Bu panjara hukumatni qutqarmagan va qutqarmaydi. Agar to‘siqlar bo‘lmasa, biz odamlarga yaqinroq bo‘lamiz va kelishmovchiliklar bo‘lmaydi", - dedi Mamitov.

Qirg‘iziston parlamenti joylashgan "Oq uy" atrofidagi panjara 1997-yilda Asqar Akayev prezidentligi davrida o‘rnatilgan. Ommaviy tartibsizliklar va inqiloblar paytida devor bir necha bor shikastlangan, ammo keyinchalik tiklangan.