TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning iste’foga chiqish rejalari haqidagi yozilgan xabarlarni safsata deb atadi.
Ba’zi G‘arb ommaviy axborot vositalari bu haqda xabarlar yozishdi: ularda kasallik yoki oila a’zolarining iltimosi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
"Bilasizmi, bu yerda izoh beradigan narsaning o‘zi yo‘q. <...> Prezident bilan hammasi joyida, uning salomatligi juda yaxshi", - deb javob berdi Peskov.
Shundan so‘ng, Putin davlat rahbari lavozimini tark etmoqchi emas, deb ta’kidladi Peskov.