Qirg‘iziston parlament spikeri iste’foga chiqdi: u prezidentlikka da’vogarlik qilmoqchi

Qirg‘iziston parlament spikeri Kanat Isayev davlat rahbari lavozimi uchun kurashish maqsadida iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Qirg‘iziston parlament spikeri Kanat Isayev iste’foga chiqdi. U bu haqda parlament majlisida ma’lum qildi.

Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga allaqachon besh kishi da’vogarlik qilmoqda

Sputnik Qirg‘iziston agentligi xabariga ko‘ra, Isayev majlisdagi chiqishida uni prezident lavozimiga ilgari surishgani va shuning uchun u spikerlikdan bosh tortganini ma’lum qilgan.

Hozirda mamlakat yangi spikerini saylash ko‘rib chiqilmoqda.

Qirg‘izistonda prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga to‘rt kishidan mamlakat prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan. Bundan tashqari, Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov iste’foga chiqishi va davlat rahbari saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qilgan.