“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi

Tushenie pojara
Yong‘in oqibatida 15 kv. metr. maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. “Tashkent City” hududidagi qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan  15 kv.metr maydonda  yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 4-noyabr kuni soat 15:37 da Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan “Tashkent City”ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi
“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi

Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:42da voqea joyiga yetib borib, soat 15:52da to‘liq bartaraf etilgan.

“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi
“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi

Yong‘in oqibatida 15 kv. metr. maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q.