TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Amerika prezidenti Donald Trampni AQShdagi saylovlarning yakuniy natijalari ma’lum emasligiga qaramasdan qayta saylangani bilan qutladi.
“Aniq ko‘rinib turibdiki, Amerika xalqi Donald Tramp va Mayk Pensni (vitse-prezident) keyingi to‘rt yilga sayladi... Respublika partiyasini kuchli natijalar bilan muborakbod etaman”, - deya yozdi siyosatchi Twitterʼda.
Sloveniya bosh vazirining fikriga ko‘ra, markaziy ommaviy axborot vositalar tomonidan faktni qanchalik rad etilsa va cho‘zilsa, AQSh prezidentining zafari shunchalik ulkan bo‘ladi.
3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Hozir ovozlarni hisoblash jarayoni davom etmoqda. Saylovda kim g‘olib chiqqani hozircha ma’lum emas. Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ovozlar farqi unchalik katta emas.