Mirziyoyev yangi SSV rahbarini tayinladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan Abduhakim Xadjibayev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Abduhakim Xadjibayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

“Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Xadjibayev Abduhakim Mo‘minovich Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi”, - deyilgan SSV xabarida.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xadjibayev o‘z faoliyatini oddiy xirurglikdan boshlab,  so‘nggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va uch bor Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni hamda 2020-yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  deputatlar Abduhakim Xadjibayev  nomzodini sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ma’qullagani xabar qilingan edi.