Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanganlar 67,7 mingga yaqinlashdi

Tun davomida yana 72 kishida koronavirus aniqlandi. Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Qurbonlar soni 575 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 72 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 698 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 10 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 575 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 64 885 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2 238 nafar bemor davolanmoqda.