TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 3 nafar turmushga chiqmagan qizning o‘zaro janjali aks etgan video yuzasidan izoh berildi.
“Xalq so‘zi” nashri xabariga ko‘ra, jamoat joyida karantin qoidalariga amal qilmagan ikki nafar qizlar singlisini ranjitgani uchun uchinchi qizni “samosud” qilishgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning aytishicha, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun Rishton tumani ma’muriy sudiga taqdim etilgan.
Rishton tumani ma’muriy sudining 23-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, qizlarning ikki nafariga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, 1 nafar qizga esa bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.