O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisiga hamdardlik bildirdi

Juma kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila yuz bergan edi. Zilzila episentri Izmir viloyatining Seferixisar shahri hududida joylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.

Turkiya va Gretsiyada kuchli zilzila yuz berdi - video

Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi", - deyiladi xabarda.

Juma kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila yuz bergan edi. Zilzila episentri Izmir viloyatining Seferixisar shahri hududida joylashgan.

Shu vaqtgacha zilzila oqibatida qurbon bo‘lgan insonlar soni 24 nafarga yetgani, 804 kishi jabrlangani haqida ma’lumot berildi.

Zilzila kichikroq sunamini yuzaga keltirgan, Seferixisarda qirg‘oqqa yaqin ko‘chalarni suv bosgan.

Sal keyin Anadolu agentligi Turkiyadagi Egey dengizi qirg‘oqlarida kun davomidagi ikkinchi zilzila yuz bergani, uning magnitudasi 5,1 ballni tashkil etgani haqida xabar bergan.