Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi sudda UzAuto Motors’ga mag‘lub bo‘ldi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi.

Ayrim transport vositalaridan utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020-yil 30-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi “UzAuto Motors” AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidan arizachi “UzAuto Motors” AJ foydasiga shikoyat keltirishda to‘langan davlat boji 2 230 000 so‘m va 20 000 so‘m pochta xarajatlari undirish belgilandi.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi holati yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi.