O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 66,3 mingdan oshdi

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda ushbu infeksiyani yuqtirgan insonlar soni 44,4 millionga yetgan, 1,1 million kishi qurbon bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. 29 oktabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 313 (+113) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

Yangi kasallanish holatlari Respublikaning 11ta hududida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 63 446 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida 7-o‘rinda. 

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda ushbu infeksiyani yuqtirgan insonlar soni 44,4 millionga yetgan, 1,1 million kishi qurbon bo‘lgan.