O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 66 mingdan oshdi

Tun davomida 93 kishida virus aniqlanib, bir kishi vafot etdi. Eng ko‘p Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida aniqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 93 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 66 037 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

Yangi kasallanganlarning 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 34 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 557 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 63 165 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2 315 nafar bemor davolanmoqda.