Qator davlat ko‘chmas mulk obyektlari xususiy sektorga sotiladi - prezident farmoni

Prezident farmoniga ko‘ra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari transformatsiya qilinadi. 15 ta davlat ko‘chmas mulk obyektlari xususiy sektorga sotiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan:

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi

- Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati;

- Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;

- Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxati;

- Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati;

Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari transformatsiya qilinadi. 15 ta davlat ko‘chmas mulk obyektlari xususiy sektorga sotiladi.

Shuningdek, farmon bilan 274 ta davlat ulushlari bor korxona; 109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar; 26 ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari ko‘rsatish markazlari; 27 ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari; 12 ta yog‘-moy sanoati korxonalari; 31 ta vinochilik tarmog‘i va sharob savdo korxonalari to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilandi.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.