YeOII hududida migrantlar ishga joylashishlari uchun mobil ilova ishga tushiriladi

Ta’kidlanishicha, ilova YeOIIga a’zo mamlakatlar fuqarolariga ittifoq hududida tez ish topish imkonini beradi.
Sputnik

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. 2021-yilda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida migrantlar ishga joylashishlari uchun mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ilova YeOIIga a’zo mamlakatlar fuqarolariga ittifoq hududida tez ish topish imkonini beradi.

Poletayev: Rossiya hali uzoq vaqt migrantlarga muhtoj bo‘ladi

“Ittifoqqa a’zo mamlakatda istiqomat qilayotgan har qanday kishi tez  ish topib, ishga joylasha olishi uchun mehnat resurslarimiz harakatiga oid mobil ilova deyarli tayyor”, - dedi Mishustin.

U ilova kelasi yil taqdim etilishiga umid bildirdi.

Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, ilova YeOIIga a’zo mamlakatlarda istiqomat qilayotgan rusiyzabon fuqarolarni, birinchi navbatda, Rossiyaga ishga jalb qilishga yordam beradi.

Hozirda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada YeOII davlatlaridan kelgan mehnat migrantlariga mamlakatda to‘plangan staj uchun pensiya to‘lanishi xabar qilingan edi.