TOShKENT, 26 okt - Sputnik. "Sputnik V" vaksinasi 85 % odamlar tomonidan hech qanday salbiy ta’sirsiz qabul qilinmoqda, dedi Gamaleya nomidagi NITSEM direktori Aleksandr Ginsburg "Rossiya 24" telekanali efirida.
"Vaksinatsiya qilinayotgan kishilarning taxminan 15%ida vaksinaning qo‘shimcha salbiy ta’siri sezilmoqda. Qolgan 85% - odamlar tomonidan hech qanday salbiy ta’sirsiz va qo‘shimcha noqulayliklarsiz qabul qilinmoqda", - dedi Ginsburg.
"Sputnik V" vaksinasining salbiy ta’siri sifatida tana harorati 38 gradusga oshishi, bosh og‘rig‘i, mushaklar og‘rishi, ukol qilingan joyining qizarishi kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Sputnik V" - koronavirusga qarshi dunyoda birinchi yaratilgan vaksina bo‘lib, u 11-avgust kuni Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan edi. Vaksina odam adenovirusi asosida yaratilgan bo‘lib, ikki bosqichda inson tanasiga kiritiladi. Vaksina yaratuvchilari uni koronavirusga qarshi 100% samarali deb ta’riflashmoqda. Vaksina bolalar va 65 yoshdan kattalar, shuningdek allergiyasi bor, surunkali kasalligi bor kishilarga tavsiya etilmaydi.