Qirg‘iziston prezidenti v.b. Japarov ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga bormoqchi

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novostiga respublika TIV rahbari Ruslan Kazakbayev ma’lum qildi.

Namoyishlardan iste’fogacha: Qirg‘izistonda bo‘lgan voqealar qisqa satrlarda

“Bu masalani (prezident vazifasini bajaruvchining xorijiy safarlarini – tahr.) Qirg‘izistonda tez-tez muhokama qilib turibmiz, ayrim mamlakatlardan aniq takliflar bor, lekin, albatta, birinchi tashrifni Moskvaga amalga oshirish niyatimiz bor”, - dedi Kazakbayev.

Qirg‘iziston prezidenti v.b. Japarov saylovlarda ishtirok etish shartini aytdi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bu uning Rossiya TIV Serey Lavrov bilan uchrashuvida muhokama qilinganini qo‘shimcha qildi.