Qashqadaryoda ishchilar nimadan norozi bo‘lgani aniqlandi

Bir necha kun oldin mojaro uyushtirgan Uzbekistan GTL kompaniyasi ishchilari aslida uzoq vaxta tartibi hamda sifatsiz ovqatdan norozi bo‘lishgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Energetika vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qashqadaryo viloyati hokimi, “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari Qashqadaryo viloyatida joylashgan GTL kompaniyasi ishchilari bilan uchrashib ularning talablarini tinglashdi.

Qashqadaryoda ishchilar nimadan norozi bo‘lgani aniqlandi

Eslatib o‘tamiz, 21-oktabr kuni ushbu kompaniya ishchilari tomonidan mojaro sodir etilgan, norozilik belgisi sifatida ofislarining oynalini sindirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazishgan edi.

Qashqadaryoda Uzbekistan GTL kompaniyasidagi vaziyat barqarorlashdi

Ishchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum bo‘lishicha, ular birinchi navbatda karantin sharoitida 40-45 kun obyektdan chiqmay ishlash tartibi o‘rnatilganidan norozi bo‘lishgan.

Ikkinchidan, ishchilar oshxonadagi uzun navbat va ovqat sifatidan ham norozi bo‘lishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytib o‘tilgan oylik maoshlarigtgsh o‘z vaqtida to‘lash muammosi – o‘z tasdig‘ini topmadi. Ishchilar maoshlar o‘z vaqtida to‘lanayotganini tasdiqlashdi.

Ishchilar “ENTER Engineering” kompaniyasi rahbariyati, viloyat hokimiyati va boshqa tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirishdi.

 – Bu uchrashuv tufayli biz ilk bor ilgari hech ko‘rmagan loyiha va kompaniya kasaba uyushmasi rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashdik, - deb qayd etishdi oddiy ishchilar.

Uchrashuv yakunida Qashqadaryo viloyati hokimi sanitariya va epidemiologiya choralariga rioya qilgan hamda va PSR tahlilini o‘z vaqtida topshirgan - qat’iy karantin choralarining bekor qilinishi ma’qullandi.

Shuningdek, korxonada yig‘ilib qolgan noroziliklarni o‘rganish va hal etish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ularning tarkibiga hokimiyat va boshqaruvchi kompaniya, energetika vazirligi, vazirligi va O‘zbekneftgaz vakillari kiritishga kelishib olindi.

Qashqadaryoda ishchilar nimadan norozi bo‘lgani aniqlandi