Bosh prokuratura: 16 yoshli qizning nomusiga teggan xonanda qonun oldida javob beradi

Joriy yilning iyun oylarida mashhur san’atkorning samarqandlik voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkanligi bo‘yicha xabar tarqaldi. Kattaqo‘rg‘on tumani IIB esa mazkur holatda jinoyat alomatlari bo‘lmagan, deb ishni bosdi-bosdi qilishga uringan.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Respublika bosh prokuraturasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limining jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, ish qo‘shimcha o‘rganish uchun qaytarilgan. Hozirda tergovni Samarqand viloyat IIB Tergov boshqarmasi olib bormoqda.

Qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Aslida voqea qanday sodir bo‘lgan?

Ma’lum qilinishicha, zo‘rlanganligi aytilayotgan qiz Samarqanddagi litseylarning birida tahsil oladi. U o‘zi bilan birga o‘qiydigan kattaqo‘rg‘onlik dugonasidan estrada xonandasi J.U.ni shaxsan tanishi, uning o‘zlariga yaqin hududda tug‘ilgani va oilaviy bazmlarga kelib turishi haqida eshitgan. Xonandaning ijodiga befarq bo‘lmaganligi sababli, Sh. u bilan yaqindan tanishishga qiziqib qolgan va dugonasi D. yordamida u bilan konferenaloqa telefon orqali suhbatlashgan.

Xonanda qizni mashinasiga mindirib, boshqa bir hovliga olib borgan... 

Konferrens aloqa orqali tanishib olishgach, xonanda qizni Kattaqo‘rg‘onga taklif qilgan. Suhbatning ertasiga qiz avval dugonasi bilan gaplashib olib, dugonasi uni tumanda kutib turishga, so‘ng birgalikda opasinikiga borishlariga kelishishgan. Ammo xonanda qizlarni ko‘cha boshida oq “Lasetti” mashinasiga mindirib, boshqa hovliga olib borgan. U yerda uy egasidan tashqari yanna ikki kishi bo‘lgan. Xonanda Sh.ga konyakka o‘xshash ichimlik quyib berib, ichishga majburlagan. Qiz ichimlikni ichgach, xonanda uni “Sizda gapim bor” deya boshqa xonaga olib o‘tgan, “dugonasi qiz bola emasligini aytgani” haqida sha’ma qilib, qizga tegajoqlik qilgan. Qiz bokira ekanligini aytib, qarshilik ko‘rsatsada, xonanda kuch ishlatib, uning nomusiga teggan...

Komadagi ayol tug‘di: AQShda tibbiy xodim nomusga tegish aybi bilan hibsga olindi

"Shotirlar"i qizga pichoq o‘qtalishib, uni o‘ldirishlari bilan qo‘rqitishgan...

Jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikka uchragan Sh. bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng shokka tushib dodlagan, qorong‘ida ko‘chaga chiqib ketgan. Xonandaning sheriklari esa uni tutib olib, mashinaga o‘tqizishgan, uni qabriston oldiga olib borib, pichoq o‘qtalishgan. Qizning qo‘rquv holatidaligini o‘zgacha qabul qilgan “shotirlar” uni yana o‘sha hovliga qaytarib olib kelishgan. Xonanda Sh.ga «Sen qiz bola chiqmading”, deya u bilan yana bir marta jinsiy aloqada bo‘lgan. Biror  soatlardan so‘ng esa qizlar Sh.ning dugonasi uyiga tashlab ketilgan...

Qilg‘ilikni qilib, uylanishdan bosh tortmoqda!

Qizning holatidan xabar topgan yaqinlari avvaliga andisha qilishgan va bir oz vaqtdan so‘ng xonandaning uyiga borib, bo‘lib o‘tgan voqea haqida uning oila a’zolariga ma’lum qilishgan, imi-jimida oila qurib xonandaning Sh.ga uylanishini so‘rashgan. Avvaliga qizning o‘zini ayblagan xonandaning oila a’zolari, so‘ng “J.U.ning betayinligi, u bilan qizlari baxtli bo‘lolmasligi”ni aytishgan va uylanish taklifini rad etishgan...

Rim papasi jinsiy aloqani "ilohiy lazzat", deya atadi

Surishtiruv organi jinoyatni yashirishdan qanday manfaatdor edi?

15 iyun kuni holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga murojaat qilingach, bu bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishga kirishilgan. Ammo bir ozdan so‘ng Samarqand viloyat IIB tomonidan “holat yuzasidan J.U.  va sheriklarining harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi, shu sababli JPKning 36-moddasi, 83-moddasi 2-bandini qo‘llab, to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish” haqida qaror qabul qilingan.

Noma’lum sabablarga ko‘ra dastlabki IIB tekshiruvi shu tarzda asossiz tugatilgach, prokuratura aralashib, ish xujjatlari qo‘shimcha tekshirishga  yuborilgan. Shundan so‘ng IIB tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv ishlari yakuni asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Vaziyatni prokuratura nazoratga olgach, Kattaqo‘rg‘on tumaniga borib, hodisa sodir bo‘lgan uy IIB vakillari hamrohligida o‘rganildi. 10-oktabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shundan so‘ng tergovga chaqirishdi. Tergovga J.U. ham chaqirilgandi, ammo o‘sha voqea sodir bo‘lgan kunda xonandaning yonida turgan ikki sherigi keldi, xolos. Istardikki, bu safar tergov bir tomonlama bo‘lib qolmaydi, xolislik ta’minlanadi”, – deydi qizning otasi.