Toshkentda 18 yoshli qizni shantaj qilishdi

20 yoshli fuqaro D.ni shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan va undan 300 dollar talab qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentda tovlamachilikda gumonlanuvchi qiz qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Samarqandda tovlamachi blogerga jazo tayinlandi

Ma’lum qilinishicha, oktabr oyi boshida ichki ishlar organlariga 18 yoshli D.O. murojaat qilib, undan 300 dollarni tovlamachilik qilib olmoqchi bo‘lgan 20 yoshli U.A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Fuqaro D.ni shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan.

19 oktabr kuni soat 18.00 da U. pul olish vaqtida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 165 moddasi (“Tovlamachilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.