O‘zbekistonda koronavirus: 22-oktabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 439 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Pandemiyadan keyingi iqtisod - "Rosneft" rahbarining nutqi

Bir sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 439   nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 84 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 235 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 61 658 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 241 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Himoya niqobi qanday taqiladi - shifokor maslahati

O‘zbekistonda jami 540 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Toshkent-Tokio

“Uzbekistan Airways” AJ 2-3-noyabr kunlari Toshkent-Tokio-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Aviachiptalarni “Uzbekistan airways sales” filialidan, aviakompaniyaning saytidan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning sotuvlar bo‘yicha agentlari ofislaridan sotib olish mumkin.

Poyezd qatnovi

Rossiyadan 8 mingdan ziyod o‘zbekistonlikni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar vaqti va sanasi haqida batafsil quyida.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 41,5 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,9 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,6 mln), Hindistonda (7,7 mln), Braziliyada (5,3 mln).