TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi takroriy parlament saylovi 20-dekabr sanasiga belgiladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.
“Qarorni MSK a’zolari majlisda qabul qildi. Ilgari MSK saylovlarni aynan shu kuni, 20-dekabr kuni o‘tkazishni taklif qilgan edi”, - deyilgan xabarda.
Qirg‘izistonda parlament saylovlari 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. 5 oktabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lganlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi. 6-oktabr kuni MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.