TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Tojikistonda joylashgan Rossiya harbiy gospitali shifokorlari Ikkinchi jahon urushi veteranlarini qabul qila boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligiga asosan.
Tojikistonda joylashgan Rossiya 451 harbiy gospital xodimlari Ikkinchi jahon urushi veteranlarini hamda front ortida xizmat ko‘rsatgan shaxslarni, internatsional-jangchilarni qabul qila boshladi, - deyilgan xabarda.
Barcha keksa fuqarolarni uylaridan gospitalgacha maxsus transportda olib tekshiruvlardan o‘tkazib kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Veteranlarga kardiolog, xirurg, otolaringolog, endokrinolog, nevrolog va rentgenolog shifokorlar xizmat ko‘rsatmoqda. U yerda ichki organlarni to‘liq tekshirudan o‘tkazish mumkin. Harbiy gospital barcha kerakli zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan: UZI, elektrokardiogramma, kompyuter tomografiyasi va rentgenografiya apparatlari.Kerak bo‘lganda bemorlarga statsionar va ambulator davolash xizmatlari taklif qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 451-harbiy gospital shifokorlaridan iborat mobil guruhlar veteranlarni turar joylarida ko‘rikdan o‘tkazib kelayotgan edi.