Zelenskiy Qrimni qaytarishni o‘zining eng muhim ustuvorligi, deb atadi

Sal oldin RFning qrim regionidan deputati Mixail Sheremet Ukraina tomonidan yaratilayotgan yarimorolni Ukraina yurisdiksiyasiga qaytarish bo‘yicha Qrimga qarshi ittifoq mahkum etilgani va uning ishtirokchilari uchun muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi muqarrarligini aytgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni Donbassda tinchlik o‘rnatish va Qrimning "qaytarilishini" o‘zining ustuvor vazifasiligi haqida ta’kidladi.

Pompeo Ukrainaga safari chog‘ida Qrim maqomi haqida nima degani ma’lum bo‘ldi

"Donbassda tinchlik o‘rnatish va Qrim okkupatsiyasiga barham berish - mening muhim ustuvor vazifam", - dedi Zelenskiy Oliy radaga yo‘llagan an’anaviy murojaatida Ukraina ichki va tashqi holati haqida to‘xtalar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat o‘z hududlarini qaytarish maqsadida ta’sirchan instrumentlarni izlamoqda.

U shuningdek, Kiyev yarimorolni Ukraina tarkibiga qaytarish masalasini muhokama qilish maqsadida "Qrim platformasi" formatini yaratayotganini eslatib o‘tdi. "Men ushbu tashabbusni YeI, Buyuk Britaniya, Kanada, Turkiya va boshqalar bilan batafsil muhokama qildim. Ko‘pchilik tomonidan bu formatga qo‘shilib, unda ishtirok etish istagi bildirildi", - dedi Zelenskiy.

Sal oldin RFning qrim regionidan deputati Mixail Sheremet Ukraina tomonidan yaratilayotgan yarimorolni Ukraina yurisdiksiyasiga qaytarish bo‘yicha Qrimga qarshi ittifoq mahkum etilgani va uning ishtirokchilari uchun muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi muqarrarligini aytgan edi.

Sheremetning ta’kidlashicha, Qrim Rossiyaga umrbod qaytarilgan va qrimliklarning referendumdagi tanlovi o‘zgarmas va qat’iydir.