Toshkentda yuk mashinasi piyodani bosib ketdi

“MAN” yuk mashinasi 59 yoshli piyodani bosib ketdi. Piyoda qatnov qismining belgilanmagan joyidan, mashinaning old o‘ng tomonidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkentda yuk mashinasi bosib ketgan piyoda vafot etdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi  20 oktabr kuni soat 10:00 larda Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasi “Davr bank” binosi qarshisida yuz bergan.

Surxondaryoda “Nexia-3” kanalga qulashi oqibatida butun boshli oila halok bo‘ldi

“MAN” rusumli yuk mashinasini boshqargan 37 yoshli haydovchi A.A. svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab, yashil chiroq yonishi bilan yana harakatini davom ettirgan. Shunda 1961-yilda tug‘ilgan piyoda M.Yu qatnov qismining belgilanmagan joyidan, mashinaning old o‘ng tomonidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Haydovchi piyodani ko‘rmay qolib bosib ketgan.

Natijada M.Yu. piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.