Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda “fransuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo bo‘lmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘an fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makronni uning “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun tanqid qildi.

Avvalroq Makron Fransiyada separatizmga qarshi kurashish mavzusida chiqish qilgan edi. U respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan tegishli qonun loyihasi 9 dekbr kuni taqdim etilishi ma’lum qildi. Islom separatizmiga qarshi kurash doirasida Fransiya hukumati bolalarga ta’lim berishga alohida e’tibor qaratmoqchi.

Charlie Hebdo karikaturalari uchun qasos: Parijda o‘qituvchi boshidan judo qilindi

Shuningdek, Makron Fransiya Musulmonlari kengashi bilan birgalikda mamlakatda “ma’rifatli islomni” barpo etishga imkon beruvchi tashkilot tashkil etish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘rtaga tashlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada islomni xorijiy ta’sirdan xoli etish va masjidlarni moliyalashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish lozim.

“So‘nggi paytlarda “fransuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Fransiya prezidenti Makron boshchiligidagi bunday tashabbuslarning asosiy maqsadi Islom va musulmonlar bilan hisob-kitob qilishdir. Ular diniy marosimlarni faqat uyda o‘tkazish mumkin bo‘ladigan, diniy ramzlar taqiqlanadigan islomga qarshi tizim yaratishmoqchi. Dinni shakllantirishga intilayotgan ushbu tizimning nomi demokratiya emas, balki totalitarizmdir”, - dedi Erdog‘an Islom hamkorligi tashkiloti videokonferensiyasidagi chiqishida.