TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 430 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 30 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 529 nafarga yetdi.
Shu paytga qadar 60 401 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 500 nafar bemor davolanmoqda.