O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi

Petitsiya muallifi bu maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi fikrini ilgari surgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan.

O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina haydashga ruxsat berish kerakmi?Ruxsat berish vaqti allaqachon kelgan. Bu yuqori sinf o‘quvchilariga yordam beradiQarshiligim yo‘q, lekin haydovchilik guvohnomasini olishni qiyinlashtirish kerakQat’iyan qarshiman, O‘zbekistonda shundoq ham yo‘llarda YTH ko‘p Menga farqi yo‘q, men avtomobil haydamayman

Petitsiya muallifi aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga 16 yoshdan ruxsat berilgani, bu esa maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi fikrini ilgari surgan.

“O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish kerak. Aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga o‘n olti yoshdan ruxsat berilgan. Bu orqali maktabning katta sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Agar o‘quvchilarning bandligini ta’minlasak, ular orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga ham erishamiz”, - deyilgan petitsiyada.

Shularni olgan holda O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish taklif qilingan.