TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash dekabr-yanvarda boshlanadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyida Moskva koronavirusga qarshi vaksinaning ma’lum darajadagi birinchi partiyasini olishni rejalashtirmoqda.
“Dekabr-yanvarda aholini ommaviy emlashni boshlaymiz”, - deyilgan xabarda.
Sobanin ommaviy emlash “pandemiya ustidan uzil-kesil g‘alaba” bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan: Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaksinalari. Bundan tashqari, Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan ham yangi vaksina ustida ish olib borilmoqda.