YHXBB 28 mlrd so‘mga avtomobillar xarid qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 sotib olgani ma’lum bo‘ldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Xabarda yozilishicha, 28 mlrd so‘mga 133 ta emas, balki 18 mlrd 789 mln 813 ming so‘mga 81 ta transport vositasi sotib olingan.

Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham boshqarma tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida:

  • 15 ta Equinox AT;
  • 20 ta Cobalt GS/16MTB;
  • 13 ta Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus);
  • 1 ta Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus);
  • 2 ta Volkswagen Caddy (Trendline);
  • 14 ta SAZ HC-40 avtobusi;
  • 16 ta Malibu-2 avtomobil sotib olingan.

“Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz”, — deyilgan xabarda.