TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida 18 yashar mahalliy yashovchilardan biri ko‘chada tarix fani professori Bua-d'Oln Semuel P.ni boshini tanasidan judo qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi so‘z erkinligi bo‘yicha muhokamalar vaqtida sinfda Charlie Hebdo jurnalida e’lon qilingan payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ni tahqirlovchi karikaturalarni namoyish qilgani uchun undan shu tarzda qasos olingan.
Hodisa 16-oktabr kuni kunduzi ro‘y bergan. Xabarlarga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining birining otasi o‘qituvchiga ko‘chada oshxona pichog‘i bilan hamla qilgan.
OAVlarda keltirilishicha, qotil asli moskvalik bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu ma’lumot hozircha o‘zining rasman tasdig‘ini topmagan. Rossiya elchixonasi gumonlanayotgan shaxs bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun fransuz hukumatiga rasmiy murojaat yuborgan.
Qotillikda gumonlangan shaxs politsiya xodimlari tomonidan qo‘shni Erani komunnasida otib tashlangan. Qotillik ishi tergoviga prokuraturaning aksilterror bo‘limi ham jalb qilingan. RIA Novosti xabariga ko‘ra, hozirda o‘qituvchining o‘ldirilishi munosabati bilan olib borilayotgan tergov ishlari doirasida to‘rt shaxs hibsga olingan. Ular o‘qituvchini o‘ldirgan qotilning yaqin tanishlari ekanligi aytilmoqda.
Qotillik yuz bergan komunnaga qator vazirlar hamrohligida yetib kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yuz bergan hodisani terakt, deya atagan.