Jeenbekov iste’foga chiqishga ahd qildi - uning xalqqa murojaati

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishga qaror qilganini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 15-oktabr kuni, mamlakatdagi yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli xalqiga murojaat qildi va iste’foga chiqayotganini ma’lum qildi.

Jeenbekov yangi parlament saylovlariga qadar iste’foga chiqishdan bosh tortdi

Jeenbekovning Qirg‘iziston xalqiga murojaati matni.

"Aziz vatandoshlar!

Mamlakatimiz poytaxti Bishkek shahrida - ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Kecha Jo‘qori Kenesh Hukumat tarkibini tasdiqladi, men tegishli lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi Qirg‘iziston Respublikasi prezidentining farmonlarini imzoladim. Ammo bu keskinlikni yumshatmadi.

Afsuski, tajovuzkorlik pasaymayapti, mening zudlik bilan iste’foga chiqishim to‘g‘risida talab davom etmoqda.

Hozirgi vaziyat ikki tomonlama mojaroga yaqin.

Bir tomondan - namoyishchilar, boshqa tomondan - huquqni muhofaza qilish idoralari.

Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari davlat qarorgohini himoya qilish uchun qurol ishlatishga majbur. Bunday holda, qon to‘kiladi, bu muqarrar. Ikkala tomonni ham fitnalarga berilmaslikka chaqiraman.

Jeenbekovning siyosiy karyerasi yakun topdi - siyosatshunos

Hurmatli vatandoshlar!

Men uchun Qirg‘izistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Men uchun har bir vatandoshimning hayotidan azizroq narsa yo‘q.

Men hokimiyatni ushlab turmayapman. Men Qirg‘iziston tarixida o‘z fuqarolarining qonini to‘kkan va o‘q uzgan prezident sifatida qolishni istamayman.

Shuning uchun men iste’foga chiqishga qaror qildim.

Men Japarovni va boshqa siyosatchilarni poytaxtdan o‘z tarafdorlarini olib chiqib, Bishkek aholisiga tinch hayotni qaytarishga chaqiraman.

Hech bir hokimiyat mamlakatimizning yaxlitligi va jamiyatdagi totuvlikka arzimaydi.

Barchamizni Xudo asrasin, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bo‘lsin!", - degan Jeenbekov o‘z murojaatida.