TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 319 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari - 95 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 196 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 59 291 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 2 469 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 518 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
BAAdan yordam
Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish maqsadida 7 tonna insonparvarlik yordamini yubordi. Respublikaga sun’iy nafas oldirish jihozlari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar yetkazildi.
Yangi nazorat tizimi
Farg‘ona viloyatida 17-oktabrdan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda niqob taqmagan qoidabuzarlar aniqlanadi. Jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bog‘chaga navbat
Bog‘chalarga elektron navbatlar 15-oktabrdan yo‘lga qo‘yildi.
Ona-onalar farzandlarining maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinishi uchun navbatga turishlari va yo‘llanma olishlari mumkin bo‘ladi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 38,7 milliondan oshdi, 1 million 96 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 29,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,2 mln), Hindistonda (7,3 mln), Braziliyada (5,1 mln).